Bugun "Lokomotiv" Slovakiyaning 7 karra chempioni bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 11:20
Bugun "Lokomotiv" Dubaydagi o'quv-mashg'ulotlar yig'ini doirasidagi ikkinchi sinov-nazorat o'yinini o'tkazadi.

Bu galgi raqib Slovakiyaning 7 karra chempioni "Jilina" jamoasi bo'ladi.

Bahs Dubaydagi "Sevens" stadionida Toshkent vaqti bilan 17:00 (mahalliy vaqt bilan 16:00)da start oladi.

"Lokomotiv" ikki kun oldin Dubaydagi ilk nazorat o'yinida Moskvaning "Spartak" jamoasiga 2:5 hisobida mag'lub bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia