Bugun JCH-2022'ning oxirgi ishtirokchisi ma'lum bo'ladi

Eldor Akmurzayev
14 iyun 2022, 08:30
Bugun, 14 iyun kuni Dohadagi “Ahmad bin Ali” stadionida Kosta-Rika hamda Yangi Zelandiya o'rtasida mundial saralashining pley-offidan o'rin olgan oxirgi bahs bo'lib o'tadi.

Mazkur uchrashuvda g'alaba qozongan terma jamoa Qatardagi jahon chempionatining 32-ishtirokchisiga aylanadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.

Ushbu juftlik g'olibi final bosqichida “E” guruhidan joy oladi va Ispaniya, Germaniya hamda Yaponiyaga qarshi to'qnash keladi.

Kecha esa Avstraliya penaltilar seriyasiga ko'ra Peruni engib, JCH-2022 yo'llanmasiga ega chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia