Bugun Ispaniyada chempion nomi ma'lum bo'ladi

Narzulla Saydullayev
14 may 2016, 12:21
Bugun Ispaniya primerosida mavsum chempioni kim bo'lganini bilib olamiz.

Yevropa top-5 chempionatlarining barchasida yangi chempionlar nomi aniq bo'lib ulgurdi. Ispaniyada barchasi so'nggi turda hal bo'ladi.

Chempionlik uchun ikki klub "Real" va "Barselona" klublari da'vogarlik qilishmoqda. O'tgan turda mag'lub bo'lgan "Atletiko" kurashdan chiqib ketdi.

So'nggi turdan oldin "Barselona" 88 ochkoga ega. Ikkinchi o'rindagi "Real" hisobida 87 ochko mavjud. Kataloniya klubi "Granada" mehmoni bo'lsa, madridliklar La-Korunyada "Deportivo" bilan kuch sinashishadi.

"Barselona" g'alaba qozonsa chempion bo'ladi. Agar Luis Enrike shogirdlari ochko yo'qotsa va "Real" g'olib bo'lsa Madrid klubi chempionlikka erishadi.

Ma'lumot uchun, "Barselona" Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Klub hisobida 23ta chempionlik unvoni bor. "Real" esa 32 marta mamlakatda chempion bo'lgan va bu borada mutloq rekordchi hisoblanadi. Madrid klubi so'nggi bor 2012 yilda Ispaniyada tengsiz bo'lgan.

Bugun chempionlik uchun kurashayotgan bu ikki jamoa ishtirokidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.

Ispaniya chempionati. Musobaqa jadvali


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia