Bugun Ispaniya va Italiya kubogi o'yinlari o'tkaziladi

15 yanv 2015, 22:01
Ispaniya kubogining nimchorak final javob o'yinlari doirasida "Real" hamda "Atletiko" jamoalari "Santyago Bernabeu"da o'zaro hisob-kitob qilib olishadi.

Bu jamoalarning "Visente Kalderon"da bo'lib o'tgan birinchi o'yinida Diego Simeone jamoasi Karlo Anchelotti shogirdlarini 2:0 hisobida mag'lub etishgan edi.

"Real" tunda bo'ladigan o'yinda vaziyatni o'nglashga va keyingi bosqichga yo'l olish uchun harakat qilib ko'radi.

Saytimiz orqali "Real" - "Atletiko" bahsidan matnli onlayn translyatsiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. O'yinni Shahboz Beg'amov onlayn tarzda sharhlab boradi.

Shuningdek, Ispaniya kubogi va Italiya kubogi doirasidagi "Elche" - "Barselona", "Yuventus" - "Verona" o'yinlari bugun tunda bo'lib o'tadi. Mazkur bellashuvlarni saytimiz orqali onlayn tarzida uchrashuv hisobi bilan tanishib borishingiz mumkin.


Manba: championat.asia