

Angliya premer-ligasining navbatdagi mavsumi aynan bugun o'z nihoyasiga etadi. APLda chempion va vice-chempion nomi aniq bo'lib ulgurdi. Ammo YCHLga yo'llanma beruvchi 4-o'rin uchun kurash jiddiy kechmoqda. Bugungi barcha o'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Angliya premer-ligasi. Musobaqa jadvali

Ispaniyada ham bugun mavsum yakunlanadi. So'nggi tur chempion nomini aniqlab beradi. Shu bois bahslar shiddatli kechishi aniq. Chempionlikni hal qiluvchi bahslar Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.
Ispaniya chempionati. Musobaqa jadvali

Italiya A seriyasida 37-tur o'yinlari davom ettiriladi. Bugun "Yuventus" g'olib bo'lsa chempionlikni rasmiylashtirib qo'yadi. Bu uchrashuv 18:00da boshlanadi.
Italiya A seriyasi. Musobaqa jadvali

Rossiya premer-ligasida 2016-2017 yilgi mavsum bugun tugaydi. Rossiyada ham chempion nomi ma'lum. So'nggi tur o'yinlari soat 17:00da start oladi.
Rossiya chempionati. Musobaqa jadvali

Xitoy Superligasida bugun ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi. Hamyurtimiz Anzur Ismoilov o'ynayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z uyida "Tianjin Teda"ni qabul qiladi.
Xitoy Superligasi. Musobaqa jadvali

Kecha Janubiy Koreyada boshlangan yoshlar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionatida navbatdagi 4ta uchrashuv bugun o'tkaziladi.
Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati. Mundial jadvali




