Bugun futbol. "Surxon" - "Lokomotiv"

Xayrulla Xoliqov
9 apr 2021
Bugun Superliganing 5-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Termizda "Lokomotiv" "Surxon" mehmoni bo'ladi.

Turnir jadvalida "Surxon" 4 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. Bu jamoa to'rtta o'yindan bittasida g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynadi va ikki bor mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 3-4. 

"Surxon" mavsumni o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi bahs bilan boshlab 1:0 hisobida zafar quchdi. So'ngra jamoa safarda "Andijon"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, Termizda "Qo'qon-1912" bilan 1:1 o'ynadi. O'tgan tur esa termizliklar g'alaba qozonishlari mumkin bo'lgan bahsda "So'g'diyona"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. 

"Lokomotiv" ushbu chempionatni qatorasiga ikkita mag'lubiyat bilan boshladi. "Temiryo'lchilar" dastlab safarda AGMK va uyda "Navbahor"ga imkoniyatni boy berishdi. Oxirgi ikkita o'yin esa duang natija bilan yakun topdi. "Loko" hozirda 2 ochko bilan 13-o'rinda boryapti. To'plar nisbati 5-7. 

Bugungi bellashuv ham qiziqarli bo'lishi kutilyapti. Imkoniyatlar borasida ustunlik mehmonlar tomonida. To'g'ri, "Surxon" o'z maydonida o'ynaydi, biroq tarkibdagi futbolchilar mahorati tomonlama "Lokomotiv" kuchli. 

Coca Cola Superligasi. 5-tur

"Surxon" - "Lokomotiv"

Bosh hakam: Akobir Shukrullaev

Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov. 

Zaxira hakami: Viktor Grigorev. 

Nazoratchi: Arslon Hotamov

Komissar: O'ngar Jalimov


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz