Bugun futbol: "Nasaf" - "Qo'qon-1912" uchrashuviga doir ma'lumotlar

Aslanov Jasurbek
6 avg 2017, 15:45
Bugun Oliy liga 16-turining markaziy uchrashuvi Qarshida bo'ladi.

Bunda “Nasaf” “Qo'qon-1912” jamoalari o'zaro bahs yuritadi. Ushbu uchrashuvga oid ayrim statistik ma'lumotlarni hukmingizga havola etamiz.

O'zaro o'yinlar

Mazkur jamoalarning oliy ligada bungacha 15 marta tuqnash kelishgan. 11ta uchrashuvda  qarshiliklar g'alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo'qonliklarning qo'li baland kelgan. Eng qiziqarlisi jamoalar chempionatdagi o'zaro uchrashuvlarda hanuzgacha durang natija qayd etiishmagan.To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik “Ajdarlar” tomonida 32-19.

Mavsumdagi to'rtinchi uchrashuvBu yilgi futbol mavsumida ushbu jamoalar o'zaro to'rtinchi bor tuqnash kelishmoqda. Shulardan ikkitasi kubok bahslari bo'lsa, bugun chempionatning ikkinchi uchrashuvi o'tkaziladi. Kubok bahslarining birinchisida “Nasaf” 4:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, 28 iyul kuni Qo'qonda bo'lib o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan.

Hakamlar

Bugungi  uchrashuvni Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo'lishdi.

Ushbu hakam Oliy liga 3-tur doirasdagi “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvini ham boshqargandi.

Oliy liga

16-tur

Nasaf (Qarshi) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)

Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)

Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

O'zPFL vakili: R.Chernikov

Boshlanish vaqti

Oliy Liga 16-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi Mycujoo.tv saytida onlayn namoyish etiladi

Translyatsiyaga havola: https://mycujoo.tv/ch/296?id=7703

Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kokand1912.uz