Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Surxon"

Xayrulla Xoliqov
1 may 2022
Bugun Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Surxon" bellashuvi bo'lib o'tadi.

Turnir jadvalida "Lokomotiv" 3 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi. "Surxon" esa 2 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinda bormoqda. "Lokomotiv"da to'plar nisbati 4-9, "Surxon"da esa 2-4.

"Temiryo'lchilar" shu paytgacha o'tkazilgan 5ta uchrashuvning bittasida g'alaba qozonib, to'rt bor mag'lubiyatga uchrashdi. "Loko" o'z maydonida AGMKdan ustun kelib, "Qizilqum", "Bunyodkor", "Nasaf" va "Dinamo" bilan kechgan o'yinlarda imkoniyatni boy berdi. 

Termizliklar hozircha 4ta o'yin o'tkazib, ikki durang va ikki mag'lubiyat qayd etishgan. "Surxon" safarda "Olimpik" va "Metallurg" bilan durangga erishib, "Navbahor" va AGMKga qarshi bahslarda mag'lub bo'ldi. 

Har ikki jamoa musobaqa jadvalining quyi qismida borayotganini inobatga olsak, bugun "Lokomotiv" stadionida jiddiy qarama-qarshilik kechishi kutilmoqda. Shunday ekan, soat 18:30da boshlanadigan uchrashuvga muxlislarni taklif etib qolamiz. 

1-may, yakshanba

LOKOMOTIV – SURXON

Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

VAR assistenti: Edita Mirabidova

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Akmal Rahmatov


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz