

Real – Liverpul
Shanba, 26 may, 23:45.
Kiev, Olimpiyskiy.
Bosh hakam - Milorad Majich
Bugun butun dunyoning nigohi Kievga qaratiladi. Yevropaning eng nufuzli turnirlaridan biri - YCHLning final uchrashuvida "Real" va "Liverpul" o'zaro to'qnash keladi.
Tomonlarning o'zaro o'yinlari statistikasiga qaraydigan bo'lsak, "Liverpul"da kichik ustunlik borligini ko'ramiz.

O'tkazilgan 5 bahsda hisob quyidagicha: 3:2. Dastlabki, uch o'yinda "Liverpul"ning (1:0, 1:0, 4:0) qo'li baland kelgan bo'lsa, so'nggi ikki uchrashuvda madridliklarning (3:0, 1:0) g'alabasi qayd etilgan. Gollar urishdagi nisbat ham "qizillar" foydasiga: 6:4.
Ammo natijalar o'tmishda qolib ketgan. 26 may kungi uchrashuvda hech qanday statistikaga e'tibor berilmaydi. Ikki tomon ham g'alaba qozonishga intiladi. "Real" ketma ket uchinchi, "Liverpul" esa 13 yildan keyin ilk YCHL sovrinini qo'lga kiritish uchun qattiq harakat qiladi.
TAXMINIY TARKIBLAR

O'yinda qatnashmaydi: Matip, Oksleyd-Chemberlen, Gomes (barchasi "Liverpul")
Jamoalar to'purarlari
"Real": Krishtianu Ronaldu – 15
"Liverpul": Muhammad Saloh – 10, Roberto Firmino - 10.
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR
- "Real" va "Liverpul" CHL finalida 1981 yildayoq to'qnash kelishgan (o'shanda turnir Yevropa chempionlari kubogi deb nomlanardi). Unda mersisaydliklar 1:0 hisobida g'alabaga erishishgan.
- "Real"ning YCHLdagi so'nggi 9 uchrashuvida o'rtacha 3,8tadan gol urilgan. "Liverpul"ning YCHLdagi so'nggi 10ta o'yinda esa o'rtacha 4,7tadan gol kiritilgan.
- "Liverpul" YCHLdagi so'nggi 10 uchrashuvining 9tasida 2 va undan ko'proq gol kiritgan.
- "Real" ham so'nggi 8 uchrashuvining 7tasida 2 va undan ko'proq gol urgan.



