

Bugun bizni navbatdagi "El Klasiko" kutib turibdi. Tunda Xavi boshchiligidagi yigitlar Madridda YCHL yarim finaliga chiqqan "qaymoqranglilar" mehmoni bo'lishadi. Ayni paytda "Real" 31 ta o'yindan 78 ochko to'plab musobaqa jadvalining 1-o'rinida bormoqda. "Barselona" esa 31 ta uchrashuvda 70 ochko to'plagan va ikkinchi pog'onani band etgan.
Bellashuv O'zbekiston vaqti bilan 23:59da start oladi.
Sizningcha bugun kimning ko'chasida bayram bo'ladi?



