Bugun, dushanba va seshanba kunlari Kubokning 1/8 final dastlabki uchrashuvlari o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
21 may 2017, 12:05
Bugun O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi dastlabki o'yinlariga start beriladi. 1/8 finalning ilk uchrashuvini "Yozyovon-Lochinlari" - "Mashal" bahsi boshlab beradi.

Ertaga, dushanba kuni beshta o'yin taqvimga kiritilgan. Markaziy bahs Toshkentda "Paxtakor" va "Nasaf" klublari o'rtasida kechadi va javob o'yinidan so'ng Kubokka da'vogar qaysidir klub musobaqani tark etadi.

Bundan tashqari, ertaga "Bunyodkor" G'uzorda "Sho'rtan" mehmoni bo'ladi. Xabaringiz bor, oliy liga bahsida g'uzorliklar "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag'lub etishgandi. Kubok o'yinida ham shiddatli bahs guvoh bo'lamizmi-yo'qmi, buni ertaga bilib olamiz.

Seshanba kuni esa ikkita o'yin belgilangan. Yaqinda o'z maydonida "Qizilqum"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan "Lokomotiv" yana shu jamoani qabul qiladi. "Navbahor" esa vodiy derbisida "Neftchi" mehmoni bo'ladi. Kubok uchrashuvi derbi maqomiga loyiq bo'lishi uchun ikkala jamoadan ham yaxshi futbol kutib qolamiz.

O'zbekiston Kubogi. 1/8 final. Dastlabki uchrashuvlar

21 may (yakshanba)
17:00 - Yozyovon-Lochinlari - Mashal
Hakam:
A. Ergashev (Toshkent).

22 may (dushanba)
18:30 - Buxoro – So'g'diyona
Hakam:
R. Ermatov (Toshkent)

17:30 - Qo'qon-1912 – Metallurg
Hakam
: A. Rahimov (Andijon).

19:00 - Paxtakor – Nasaf
Hakam
: V. Seytlin (Toshkent).

18:00 - Dinamo – Olmaliq
Hakam
: H. Ro'ziev (Toshkent).

18:30 - Sho'rtan – Bunyodkor
Hakam:
R. Bobomurodov (Navoiy).

23 may (seshanba)
18:45 - Lokomotiv – Qizilqum
Hakam
: B. Namozov (Toshkent).

18:00 - Neftchi – Navbahor
Hakam:
I. Tantashev (Buxoro).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia