

Bugun CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasiga start beriladi. Birinchi o'yinda Tojikiston Qirg'izistonga qarshi bahs olib boradi. O'yin soat 13:00da boshlanadi. Uchrashuvni o'zbekistonlik Husnora Jumaeva boshqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandra Konchikova va Xayriniso Erkinova yorda beradi. Zaxiradagi hakam - Surur Saidiy.
Ikkinchi uchrashuvda O'zbekiston Afg'oniston bilan kurash olib boradi. O'yin soat 16:00da boshlanadi. Uchrashuvni qirg'izistonlik Veronika Bernandskaya boshchiligidagi Jibek Oqil qizi va Malika Qodirovalar boshqarishadi. Zaxiradagi hakam - Surur Saidiy.
O'yinlar "Milliy" stadionda bo'lib o'tadi.



