Bugun bo'lib o'tadigan "Deportivo" - "Betis" uchrashuvi bekor qilindi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 18:14
"Deportivo" hamda "Betis" o'rtasidagi Ispaniya chempionatining 21-tur uchrashuvi noma'lum muddatga bekor qilindi.

Avvaliga bu bahs mahalliy vaqt bo'yicha 3 fevral 20:45da bo'lib o'tishi kerak edi, ammo La-Korunyadagi noqulay ob-havo tufayli uchrashuv qoldirildi. Shaharda kuchli bo'ron ko'tarildi va "Riasor" stadionining tomi maydonga ko'chib tushdi va tribunalarni shikastladi.

LaLiga turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca