Bugun "Barselona"da yig'ilish bo'ladi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2020, 19:14
"Barselona" direktorlari soveti bugun jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening kelajagini ko'rib chiqish uchun yig'ilish o'tkazadi.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, mutaxassis bugunoq iste'foga chiqarilishi mumkin.

Bugungi kunda qadar Xavi va Ronald Kuman kabi murabbiylar "Barselona"ga rad javobini berishgan. Shu boisdan ayni damda kataloniyaliklar rahbariyati ushbu yig'ilishda Kike Seten ("Sent-Eten"ning sobiq bosh murabbiyi), Xavi Garsiya Pemento ("Barselona"ning yoshlar jamoasi bosh murabbiyi), Gabriel Milito ("Estudiantes"), Maurisio Pochettino ("Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi) va Massimiliano Allegri ("Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi) kabi nomzodlarni ko'rib chiqishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport