

Joriy yilning 22 yanvar kuni "Paxtakor" klubi Aziz Turg'unboev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani OFK Chempionlar ligasi saralash bahslari uchun ro'yxatdan o'tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub PFL bosh direktoriga mazkur shartnomaga imzo qo'ygan futbolchi "Navbahor" safida xorij yig'inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan murojaat yo'lladi. Shundan so'ng mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O'FAning "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita"siga oshirildi.
Natijada "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita" hamda "Intizom va odob-axloq qo'mitasi" komissiyasi 2 fevral sanasidan ushbu masala yuzasidan ish boshladi.
Komissiya a'zolari mazkur holat yuzasidan to'plangan barcha faktlarni seshanba, 5 fevral kuni muhokama etish uchun yana to'plandi. Agar ushbu masala bo'yicha yana qo'shimcha ma'lumot va ko'rsatmalar talab etilmasa, komissiya o'z qarorini 5 fevral kuni e'lon qilishi mumkin.




