⚡️ Bugun "Al Nassr" - "Inter Mayami" uchrashuvi bo'ladi, ammo...

Omonjon To`xtamirzayev
1 fev 2024, 12:55
Bugun Ar Riyodda "Al Nassr" AQSHning "Inter Mayami" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun, O'zbekiston vaqti bilan 23:00da Ar Riyoddagi "Kingdom Arena" o'yingohida "Al Nassr" - "Inter Mayami" o'yini start oladi. 

Millonlab muxlislar bu bellashuvni "Ronaldu-Messi"ning navbatdagi to'qnashuvi sifatida kutishgandi, biroq Krishtianu o'yinni o'tkazib yuboradi. "Al Nassr" bosh murabbiyi Luish Kashtru jamoa sardori deyarli tiklanib bo'lgani va yaqin kunlarda safga qaytishini, biroq "Inter Mayami"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia