Bugun AGMK Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida debyut qiladi

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2021, 07:44
Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuvni o'tkazadi.

Markazlashgan tarzda Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan ushbu o'yinda olmaliqliklarga mezbon "Al Hilol" jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv soat 23:55 da boshlanadi va "UzReport" telekanali orqali jonli efirda translyatsiya qilinadi. 

OCHL, guruh bosqichi.

"A" guruhi, 1-tur.

15 aprel, payshanba.

"Al Hilol" - AGMK (23:55)

Ar-Riyod, "Shahzoda Faysal bin Fahd" stadioni.

Hakamlar: Ryuji Sato, Xiroshi Yamauchi, Jun Mixara (Yaponiya), Ali Hasan Abdulnabi (Bahrayn).

Komissar: Bashir Abdul Xoliq (Livan).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia