Bugun 20:30. O'zbekiston OTJ - Misr OTJ

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2019, 07:50
Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Uchrashuv Namangan shahridagi "Markaziy" stadionida soat 20:30da boshlanadi. Lyubinko Drulovich mazkur o'yin orqali terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o'tkazib, bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik olib boradi. 

Eslatib o'tamiz, 9 iyun kuni Misrga qarshi birinchi o'rtoqlik o'yinida vakillarimiz Bobir Abdixoliqov va Azizjon G'aniev tomonidan urilgan gollar evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. 



O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston OTJ - Misr OTJ - 2:0          

Video. O'zbekiston OTJ - Misr OTJ - 2:0. Barcha gollarni tomosha qiling

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia