Bugun 20:00. O'zbekiston - Suriya

Narzulla Saydullayev
6 sen 2018, 08:58
Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Argentinalik murabbiy uchun mazkur bahs O'zbekiston terma jamoasidagi birinchi o'yin bo'ladi. Uchrashuv soat 20:00da "Milliy" stadionda boshlanadi. Chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda. Barcha muxlislarni o'yinni tomosha qilish va terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz. 

Kecha ikkala jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

"O'zbekiston terma jamoasining asl qiyofasini ma'lum vaqt o'tgach ko'ramiz" - Ektor Kuper

Bernd Shtange: "Suriya terma jamoasi xorijdagi yig'inlar orqali Osiyo Kubogiga tayyorlanmoqda"


Bundan tashqari jamoalar rasmiy o'yinoldi mashg'ulotlarini ham o'tkazishdi.

O'zbekistonning Suriyaga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Suriyaning O'zbekistonga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia