Bugun 17:00. Nepal – O'zbekiston

Tolibjon Qosimov
24 okt 2019
Bugun Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari davom ettiriladi.

Markaziy va Janubiy mintaqadagi saralash o'yinlarida 7ta jamoa ishtirok etadi. Yakunda har ikkala guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Agar Turkmaniston terma jamoasi birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda eng yaxshi 3-o'rin egasi ham Osiyo chempionatiga boradi.

Kecha saralashning birinchi tur bellashuvlari bo'lib o'tdi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Afg'onistonni 6:2 hisobida mag'lub etdi. Guruhimizdagi ikkinchi o'yinda esa Tojikiston Nepal darvozasiga javobsiz 6ta to'p kiritdi.

Futzal. Osiyo chempionati saralashini yirik g'alaba bilan boshladik

Bugun terma jamoamiz Nepal bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi. Guruhimizdagi yana bir o'yinda esa Afg'oniston va Tojikiston o'zaro to'qnash keladi.

"A" guruhi saralash bahslari taqvimi
23 oktyabr

14:30 - Tojikiston - Nepal 6:0
17:00 - O'zbekiston - Afg'oniston 6:2

24 oktyabr
14:30 - Afg'oniston - Tojikiston
17:00 - Nepal - O'zbekiston

25 oktyabr
14:30 - Nepal - Afg'oniston
17:00 - O'zbekiston - Tojikiston


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia