Futzal. Osiyo chempionati saralashini yirik g'alaba bilan boshladik

Narzulla Saydullayev
23 okt 2019, 20:32
Bugun Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari start oldi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ilk turda Afg'oniston ustidan 6:2 hisobida g'alabaga erishdi. Ixtiyor Ropiev dublga erishgan bo'lsa, Mashrab Adilov, Davron Choriev, Ilhomjon Hamroev va Husniddin Nishonov bittadan gol urishdi. 

Guruhdagi ikkinchi bahsda Tojikiston Nepalni 6:0 hisobida taslim qildi. 

Ertaga 2-turda O'zbekiston Nepal bilan, Tojikiston esa Afg'oniston bilan o'ynaydi. 



Futzal. Markaziy va Janubiy mintaqa | “A” guruhi, 1-tur.
O'zbekiston - Afg'oniston 6:2
Gollar:
Mashrab Adilov (5), Ixtiyor Ropiev (7, 35), Davron Choriev (12), Ilhomjon Xamroev (34), Husniddin Nishonov (38) - Akbar Kozimi (21, 36).
O'zbekiston: 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Xamroev, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo'raev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumaev.

Afg'oniston (birinchi beshlik): 12.Ali Rizo Qurboni, 3.Seyed Husseyn Mousavi, 4.Mahdi Norouzi, 5.Mohsen Rizoyi, 10.Akbar Kazemi.
Zaxira: 1.Muhammad Javad Safari, 2.Yasin Jafari, 6.Hussayn Qodimi, 7.Ali Fayoz, 8.Rizo Karimi, 11.Farzad Mahmudi, 13.Hadi Jafari, 14.Murtazo Muhammadi.

Tojikiston - Nepal 6:0



24 oktyabr
14:30 - Afg'oniston - Tojikiston
17:00 - Nepal - O'zbekiston

25 oktyabr
14:30 - Nepal - Afg'oniston
17:00 - O'zbekiston - Tojikiston


foto: O'FA matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia