Bugun 13:00. Iroq - O'zbekiston

Narzulla Saydullayev
11 fev 2018, 08:28
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati yakuniy pallaga yetib keldi. Bugun musobaqaning g'olib va sovrindrlari aniqlanadi.

O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rin uchun bahsda Iroq futzalchilari bilan to'qnash keladi. Eron esa Yaponiya bilan chempionlik masalasini hal qiladi. Har ikki bellashuv Xinzhuang Gymnasium sport majmuasida o'tkaziladi.

Nominal mezbon sifatida maydonga tushadigan Iroq termasi oq liboslarda, O'zbekiston terma jamoasi esa ko'k formalarda harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Iroq – O'zbekiston uchrashuvi bugun, 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com