Bugun 12:00. O'zbekiston U-19 - Maldiv orollari U-19

Narzulla Saydullayev
4 noya 2017
Dushanbe shahrida davom etayotgan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslari doirasida O'zbekiston U-19 jamoasi bugun Maldivga qarshi uchrashuv o'tkazadi.

Guruh bosqichi dastlabki turida Shri-Lanka yoshlarini yirik 10:0 hisobida mag'lub etgan Aleksandr Mochinov jamoasi 3-turda dastlabki ikki uchrashuvda bir ochko to'plagan Maldiv Orollari terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma'lumot uchun, Maldiv Orollari termasiga qarshi 3-tur uchrashuvi Dushanbe shahridagi “Pomir” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi.


Quyida uchrashuvlar va bo'lajak o'yinlar anonsi bilan tanishing.

U-19 OCH saralashi
“B”guruhi o'yinlari
Tojikiston.

31 oktyabr, 1-tur

Maldiv orollari – Shri-Lanka 2:2 
Bangladesh – Tojikiston 0:0

2 noyabr, 2-tur

12:00  Shri-Lanka – O'zbekiston 0:10
15:00  Maldiv orollari – Bangladesh 0:1

4 noyabr, 3-tur

12:00  O'zbekiston – Maldiv orollari 
15:00  Tojikiston – Shri-Lanka

6 noyabr, 4-tur

14:00  Bangladesh – O'zbekiston 
17:00  Tojikiston – Maldiv orollari

8 noyabr, 5-tur

14:00  Shri-Lanka – Bangladesh 
17:00  O'zbekiston – Tojikiston

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “B”guruhi 2-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko'rinishni oldi.

#

Jamoa

O'

G'

D

M

TN

O

1

Bangladesh

2

1

1

0

1-0

4

2

O'zbekiston

1

1

0

0

10-0

3

3

Tojikiston

1

0

1

0

0-0

1

4

Maldiv Orollari

2

0

1

1

2-3

1

5

Shri-Lanka

2

0

1

1

2-12

1



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia