Bugnyak: "Andijon" qarzini to'lamasa kerak deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
25 noya 2016
Bir yarim oy oldin "Andijon"ni tark etgan moldaviyalik hujumchi Andrey Bugnyak jamoani nega tark etgani haqida Moldfootball.com saytiga intervyu berdi.

- "Andijon" rahbariyati biz haqimizda yaxshi qayg'urmadi. Bazida o'z pullarimizga ovqatlanib, uchrashuvlarga borganmiz. Bundan tashqari, bizga kelishilgan pullarni berishmadi.

- Klubning sizdan qarzi qolganmi?

- Ha. Ammo bu pullarni to'lashmasa kerak deb o'ylayman. Ular haqida eshitishni ham istamayman, shunchaki u erdan hujjatlarimni olib ketmoqchiman.

- O'zbekistonda o'tkazgan vaqtingizdan ijobiy xotiralar bormi?

- Ko'proq menga "Andijon" muxlislari yoqdi.

- Hozir yangi jamoa qidiryapsizmi?

- Qishki tanaffusni kutyapman. Chet el jamoasini topsam yaxshi bo'lardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia