Buffonning agenti mijozi “Spartak”ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Eldor Akmurzayev
20 dek 2021, 07:55
“Parma” darvozaboni Janluiji Buffonning agenti Silvano Martina italiyalik kiperning RPLga yo'l olishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq, “Seria B News” 43 yoshli Buffon “Spartak” ustozi Paolo Vanolining taklifiga ko'ra, Moskva klubiga o'tishi to'g'risida xabar bergandi.

“Buffon – o'z ampluasida eng yaxshisi. To'g'ri, “Parma”ning ishlari joyida emas, ammo rostini aytsam, Janluiji u yerda baxtli. “Parma”dan kyetib, Rossiyaga yo'l olishi mumkinligini esa birinchi marta eshityapman. O'ylashimcha, “Spartak”da yaxshi darvozabonlar etarlicha”, deydi agent.

Buffon joriy mavsum B Seriyada 18 o'yinda qatnashib, 20 ta gol o'tkazdi va 6 uchrashuvda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru