Buffon: "Xavi Pirlo bilan birgalikda so'nggi 15 yillikning eng yaxshi yarim himoyachisi"

Aslanov Jasurbek
25 may 2015, 17:12
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon jamoadoshi Andrea Pirlo va "Barselona" yarim himoyachisi Xavi Ernandes haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Xavi Pirlo bilan birgalikda so'nggi 15 yillikning eng yaxshi yarim himoyachisi. Xavi yuqori darajasi va barqarorligi bilan ajralib turadi. Unga katta omad tilayman, chunki unda sportchi ruhi va muvozanat mavjud" - deydi Buffon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com