Buffon terma jamoadaga o'yin bo'yicha 5-o'ringa ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2017
Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Buffon JCH-2018 saralash bahslari doirasida Lixteynshteynga qarshi bahsda asosiy tarkibdan joy oldi.

Shu tariqa 39 yoshli posboni Italiyaning bosh jamoasi safida 169-uchrashuvini o'tkazadi.

Bu bilan u terma jamoada eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha kuchli beshlikka kirib oldi. Mart oyida Buffon terma jamoada o'yin o'tkazish bo'yicha yevropalik futbolchilar orasida rekord o'rnatgan edi.

Terma jamoada eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan.

Top-5:

1. Ahmad Hassan (Misr, yarim himoyachi) - 184

2. Hussam Hasan (Misr, darvozabon) – 178

3. Klaudio Suares (Meksika, himoyachi) – 177

4. Muhammad Al Deayya (Saudiya Arabistoni) 172

5. Janluiji Buffon (Italiya, darvozabon) – 169.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gracenote Live