Buffon: "Superkubokdagi mag'lubiyat "Yuventus" uchun sharmandalik"

Narzulla Saydullayev
23 dek 2014, 09:00
"Yuventus" posboni Janluiji Buffon Italiya Superkubogi uchun bahsda "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Xafsalamiz pir bo'ldi, sababi bizda uchta "match-poynt" bor edi. Qo'shimcha vaqtda bitta va penaltilar seriyasida ikkita. Ammo g'alaba qozona olmadik. Juda qiyin vaziyatdan chiqib ketishga erishgan "Napoli"ga ham qoyil qolish kerak.

Biz uchun muhim bo'lgan o'yinda yuta olmadik. Shubhasiz biz uchun Superkubokdagi mag'lubiyat - sharmandalik", - deydi Buffon Rai telekanaliga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru