Buffon o'zining oltinchi jahon chempionatida o'ynamoqchi
Aslanov Jasurbek
17 yanv 2015, 16:21
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon o'z faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatida o'ynamoqchi.
"Oldinda uch yildan ortiqroq vaqt bor. Agar bu amalga oshsa, men oltita jahon chempionatida o'ynagan tarixdagi birinchi futbolchiga aylanaman" - deydi Buffon.
Eslatib o'tamiz, Buffon 28 yanvarda 37 yoshga to'ladi.