Buffon: “Mbappe “Oltin to'p”ga haqli”

Jiji Buffon PSJda jamoadoshi haqida gapirdi.

“Uning texnikasini va mundialda ko'rsatgan o'yinini hisobga olsak, Kilian “Oltin” to'p”ga to'la haqli. Bunga hech qanday shak-shubha yo'q. Italiyada Mbappeni Badjo, Del Pero va Tottiga qiyoslashmoqda. Ammo uning o'zgacha iqtidori bor, avvalari men bunday futbolchini hech ham uchratmaganman. Mbappe - fenomenal futbolchi. Agar u sabr bilan o'sishda davom etsa, uzoq vaqt jahon futboli osmonida bo'ladi”-deydi Buffon.


Manba: Goal.com