Buffon: "Kim biladi, balki faoliyatimni 65 yoshimda yakunlarman"

Aslanov Jasurbek
19 dek 2016, 18:14
"Yuventus" posboni Janluiji Buffon 38 yoshda o'zini qari his qilmayotganini aytdi.

"38 yoshda o'zimni qari his qilmayapman. Har bir inson yo'l qidirish kerak. Ko'plab mag'lubiyatlarga uchraganman, ammo mag'lubiyatlar g'alabalardan ko'proq foyda beradi. Mag'lub bo'lganimda e'tiborliroq bo'laman. Bahona qidirmaslik kerak. Juda ko'p xatoga yo'l qo'yganman, ammo ularni tan olishdan uyalmayman. Faoliyatimni 10-15 yildan so'ng yakunlash? Kim biladi, balki 65 yoshda ketarman" - deydi Buffon.

Buffon va "Yuventus" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport