Buffon faoliyatini yakunlashga qaror qildi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2018, 14:46
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon joriy mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini davom ettirmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, posbon faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Oldinroq, OAVda 40 yoshli futbolchi yana bir mavsum to'p tepmoqchi ekanligini aytilgan edi.

2017 yilning oxirida Buffon Italiya terma jamoasining JCH-2018 saralashidagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagandi. Joriy mavsum darvozabon A Seriyaning 13ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della Sera