Buffon faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

“Yuventus” posboni Janluiji Buffon faoliyatini “PSJ”da davom ettirishi mumkin.

Canal+ xabariga ko'ra, parijliklar futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif etishgan va bu transferning amalga oshish ehtimoli yuqori.

Eslatib o'tamiz, Buffon ilgariroq mavsum yakunlangan “Yuventus”ni tark etishini ma'lum qilgan, ammo faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qilmagandi. Buffonga shuningdek, “Liverpul” klubi ham qiziqmoqda.


Manba: Canal+