

"Donnarumma atrofidagi voqealar? Maslahat bermayman, chunki o'zim doimo xato qilganman. Bu ortiqcha. Biz Jiji bilan 15 daqiqa suhbatlashdik, ammo nima haqida ekanligini aytmayman. U "Milan"da qoladimi, yo'qmi, bilmayman, shunchaki unga baxt keltiradigan narsani aytaman" - deydi Buffon.
Italiya OAVning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Donnarumma 3 iyul kuni kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qiladi. Oldinroq Janluiji Donnarumma 2018 yilning yozida "Real"ga o'tishi haqida e'lon qilingan edi.



