
Hamma narsadan yaxshi tomonni izlash kerak. Durang natijasi ham biz uchun deyarli hech narsani belgilab bermasdi. Har qanday holatda ham Urugvayga yutqazmasligimiz kerak bo'lardi. Vazifamiz o'zgarmaydi, Urugvay bilan ijobiy natijani qayd etishimiz zarur.
Kosta-Rikani guruhdan chiqqani ko'pchilik futbol muxlislarini shok holatiga keltirib qo'ydi. Ular Jahon chempionatida kuchsiz jamoalar bor deb o'ylashadi. Aslida esa aksincha. So'nggi paytlardagi natijalar bunga misol bo'la oladi.