Bubanya "Surxon" ustidan rasman FIFAga arz qildi

Iskandarov Abdulaziz
31 yanv 2022, 15:42
2021 yilni Termizning "Surxon" klubida boshlagan Vladimir Bubanya mavsumning birinchi davrasidan keyin "yo'qolib qolgandi".

Aniqroq aytsak, maoshi o'z vaqtida to'lanmagan himoyachi klub bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, o'z yurtiga qaytib ketgan. 

Ortda qolgan davr mobaynida "Surxon" mutasaddilari OAV tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan bo'lishiga qaramay, bu mojaroga yakuniy nuqta qo'yilgani yo'q. 

Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, serbiyalik futbolchi vanihoyat "Surxon" jamoasi ustidan rasman FIFAga arz qildi. Agar Termiz klubi rahbariyati bu masala echimini paysalga solishda davom etsa, jamoaga transfer taqiqi qo'yiladi.

Eslatib o'tamiz, ushbu ssenariy 2020 yilgi mavsumda ham sodir bo'lgan. Yakunda tomonlar kelishuvga erishishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia