Bu o'tgan yilgi Saloh emas

Mirjalol Normatov
4 yanv 2019, 21:29
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh garchi APLda "snayperlar" poygasida yuqori o'rinlarda ketayotgan bo'lsa-da, top-6 jamoalar bilan o'yinlarda statistika ancha past.

Futbolchi bu mavsum top-6 jamoalariga qarshi o'yinlarda 7 o'yinda qatnashib, atigi 1 gol urdi. O'shanda u "Arsenal" (5:1) darvozasini penaltidan ishg'ol qildi.

Solishtirish uchun, Saloh o'tgan mavsum APLning top-6 jamoalariga qarshi o'yinlarda 8 gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia