Bu nimasi? "River Pleyt" - "Boka Xuniors" o'yini yana qoldirildi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018, 10:41
"River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasidagi Libertadores kubogining ikkinchi finali yana qoldirildi.

"Boka" KONMEBOLga rasmiy murojaat qilganidan so'ng o'yin muddati o'zgartirildi. Uchrashuvning yangi sanasi tez orada e'lon qilinadi.

"Jamoa avtobusiga bo'lgan hujumdan so'ng o'yin o'tkazish uchun sharoit normal darajada emas. Bahs o'tkazish uchun barcha sharoit bo'lishini istaymiz. KONMEBOLning fikricha, so'nggi voqealardan so'ng jamoalar teng vaziyatda emas. O'yinni boshqa muddatga ko'chiramiz" - deydi KONMEBOL prezidenti Alexandro Dominges.

Eslatib o'tamiz, "River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasidagi Libertadores Kubogining ikkinchi finali 24 noyabr kuni bo'lishi kerak edi. Ammo mezbon jamoa muxlislari "Boka" avtobusiga hujum qilganidan so'ng, bahs boshqa muddatga ko'chirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Planetabocajuniors.com.ar