BT Sport ilk marotaba FIFA 17 o'yinlarini efirga uzatadi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2017, 16:10
BT Sport sport telekanallari tarmog'i Xbox One va PlayStation 4da o'ynaladigan FIFA17 bo'yicha EA FIFA Majors turnirining hal qiluvchi o'yinlarini ko'rsatish huquqiga ega bo'ldi.

Britaniya tarmog'i Shimoliy Amerika (8 aprel), Osiyo-Tinch okeani (22 aprel), Yevropa (6 may) saralash o'yinlari va Berlindagi final (20-21 may) o'yinlarini jonli efirda ko'rsatadi.

Ushbu turnir g'olibi 154 ming evro sohibiga aylanadi, finalchi hisobiga 77 ming evro o'tkazib beriladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail