"Brunu Fernandesh sotilmaydi". Ruben Amorim - "Al Hilol"ning qiziqishi haqida

Sherzod Nurmatov
10 may 2025, 16:38
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi yarim himoyachi Brunu Fernandeshga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Ko'plab klublar Brunu kabi futbolchini safiga qo'shib olmoqchi bo'lishi normal holat. Xuddi shu narsa bizning boshqa futbolchilarimizga ham tegishli. Lekin biz eng yaxshi o'yinchilarni saqlab qolmoqchimiz. Bruno, shubhasiz, dunyoning eng yaxshilaridan biri, shuning uchun bizning fikrimiz o'zgarmadi. Biz Brununing shu yerda qolishini istaymiz. U sotilmaydi", – dedi Amorim matbuot anjumanida.

Brunu Fernandesh shu yilning kuzida 31 yoshga to'ladi. Yarim himoyachining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano