

Xabaringiz bor, Krish JCH 1/8 finalida Shveytsariya bilan o'yinda (6:1) jamoa asosiy tarkibiga kiritilmadi.

"Sizningcha, kimdir zaxira o'rindig'ida o'tirishni yaxshi ko'radimi? Hatto uchinchi darvozabon ham zaxira o'rindig'ida o'tirganidan unchalik xursand bo'lmasa kerak. Krishtianu xursand deb o'ylaysizmi? Agar murabbiy keyingi o'yinda meni zaxira o'rindig'iga qo'yganida, men ham ranjigan bo'lardim.
Krishtianu – barcha davrlarining eng mashhur futbolchisi. Sportda Ronaldudan mashhurroq odam yo'q. Odamlar Krishtianuni ko'rish uchun kelishi normal holat. Men bunda hayratlanarli narsani ko'rmayapman", – dedi Brunu Fernandesh.


