Brunu Fernandesh: "Qoidani o'zgartirish kerak"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2024
Brunu Fernandesh golni nishonlagani tufayli chetlatilgan Amadu Diallo haqida gapirdi.

Diallo "Liverpul"ga qarshi Angliya Kubog 1/4 final uchrashuvining 121-daqiqasida g'alaba golini kiritdi. Vinger golni nishonlash chog'ida futbolkasini echdi va hakam unda ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, maydondan chetlatdi.

"Afsuski, u qizil kartochka oldi, ammo bu yoshlarga hos. Menimcha, futboldagi ushbu qoidani o'zgartirish kerak. Raqibga hurmatni saqlagan holda golni nishonlashga imkon berish lozim" - dedi Fernandesh.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN