Brunu Fernandesh: "Men Ronalduning muxlisiman, shu sabab MYUda o'ynashni orzu qilganman"

Alisher
22 fev 2020, 17:20
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu kumiri ekanligini aytdi.

"Men Ronalduning muxlisiman. U faoliyatining ajoyib damlarini shu yerda o'tkazgan va bu yerda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Shuning uchun "Manchester Yunayted"da o'ynashni orzu qilganman. Bu yerda bo'lish juda ham yoqimli, chunki bolalikdagi orzularim amalga oshmoqda.

"Yunayted"ga o'tayotgan har qanday futbolchi barchasini yutishni xohlaydi. Men bu jamoa safida barcha musobaqalarda g'olib bo'lmoqchiman", - deydi Fernandesh.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports