Brunu Fernandesh: "Krishtianu bilan yagona maqsadimiz bor - g'alaba qozonish"

Aslanov Jasurbek
8 sen 2021, 21:30
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Portugaliya terma jamoasidagi sherigi Krishtianu Ronalduning "qizil iblislar" safiga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Endigi ishtiyoqimiz yuqori bo'ladi, chunki barcha biladiki, Krishtianu shu yerda. Klubdagilar uning qaytganidan juda mamnun.

Ronaldu bizga nimalar taqdim eta olishi mumkinligini bilamiz. Krishtianu bilan yagona maqsadimiz bor - g'alaba qozonish. U orqali sovrinlarga erishish yo'lida yanada yaqinlashamiz", - dedi Brunu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com