Bruma: "Sokratis "Olimpiakos" futbolchilariga "Arsenal" sirlarini aytib berdi"

Mirjalol Normatov
10 mar 2021, 00:48
"Olimpiakos" yarim himoyachisi Bruma Yevropa Ligasining 1/8 finalida "Arsenal" bilan o'yin oldidan bunga qadar London klubida to'r surgan Sokratis Papastatopulosning jamoadagi o'rni haqida gapirdi.

"U menga bazi sirlarini aytib berdi, lekin men sizlarga buni aytmayman. Bu Sokratis ikkalamiz o'rtamizdagi sir. U "Arsenal" kiyinish xonasini boshqalardan yaxshi biladi.       

U juda tajribali futbolchi, "Milan", "Borussiya" va "Arsenal" kabi top klublarda o'ynagan.

U o'zining tajribasi bilan jamoaga katta yordam beradi. Klubda shunday futbolchining borligidan xursandmiz", - dedi Bruma.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal