Brozovich "Inter" bilan shartnomasini uzaytiradi

Alisher
29 noya 2021
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich klub bilan shartnomani uzaytiradi.

Tomonlar 4 yilga mo'ljallangan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishdi.

Futbolchining "neradzurrilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Xorvat yangi shartnomaga ko'ra yiliga bonuslar bilan birga 6 million evro atrofida oladi. Shartnoma uzaytirilgani tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport