Britaniyaning eng yomon jamoasi 2 yarim yil deganda g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2019, 18:58
Shotlandiyaning "Fort Uilyam" klubi so'nggi 2,5 yilda ilk g'alabasiga erishdi.

Shotlandiya Shimoliy Kubogi doirasida "Fort Uilyam" jamoasi o'z maydonida "Nern Kaunti" jamoasini 5:2 hisobida mag'lub etdi va 73-o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Jamoa 840 kun deganda ilk g'alabasiga erishdi.

"Fort Uilyam" Shotlandiyaning beshinchi divizionida o'ynaydi. Yakunlangan mavsumda jamoaning to'plar nisbatidagi farq minus 221ni tashkil qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Joe