

66 yoshli tadbirkorga tegishli bo'lgan Ineos kompaniyasi Fransiya jamoasining akciyalarini Aiglonʼdan (Xitoy va AQSHning qo'shma kompaniyasi) sotib olgan. Kelishuvning to'liq summasi esa 100 mln. evroni tashkil etdi.
Retkliff klubga investiciya kiritib, uni muntazam evrokuboklarda qatnashadigan raqobatbardosh jamoaga aylantirmoqchiligi haqida aytgan. Shuningdek, u Shveytsariyaning Lozanna klubi rahbari ham hisoblanadi.
Aytish joizki, 66 yoshli tadbirkor o'tgan yili Buyuk Britaniyaning eng boy insoni sifatida etirof etilgandi.



