Britaniyaning 2021 yildagi eng yaxshi sportchisi nomiga davogarlar ro'yxati e'lon qilindi. Unda “Man Siti” a'zosi ham bor

Eldor Akmurzayev
14 dek 2021, 09:00
BBC “yil sportchisi” nomiga davogalar ro'yxatini e'lon qildi.

Mazkur nom uchun 6 sportchi kurash olib boradi: “Man Siti” vingeri Raxim Sterling, boks bo'yicha og'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri, US Open-2021 g'olibi Emma Radukanu, suvga sakrash sport turi vakili Tomas Deyli, suzuvchi Adam Piti hamda para-velopoygachi Sara Stori.

Eslatib o'tamiz, g'olib muxlislar o'rtasida ovoz berish orqali aniqlanadi va so'rovnoma 19 dekabrda boshlanadi.

O'tgan yili Lyuis Xemilton (F-1) Britaniyada "yil sportchisi" deb tan olingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport