"Brentford" murabbiyi Frank shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirdi. Jamoa ushbu mavsumda MYU va "Man Siti"ni mag'lub etdi

Alisher
24 dek 2022, 16:53
"Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank shartnomani uzaytirdi.

49 yoshli mutaxassis bilan yangi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Frank "Brentford"ni 2018 yilning oktyabrida qabul qilib oldi va klubni 2020/21 yilgi mavsum APLga olib chiqdi. "Brentford" o'tgan mavsumni 13-o'rinda yakunladi.

"Brentford" 15 turdan so'ng 10-o'rinni egallab turibdi. Jamoa mavsumning birinchi qismida "Manchester Yunayted" (4:0) va "Man Siti" (2:1)ni mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: brentfordfc.com